Huawei 1
Baxtiyor Saidov BMTning bolalar jamg‘armasi Ijrochi direktori Ketrin Meri Rassell bilan uchrashdi

26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Ijrochi direktori Ketrin Meri Rassell bilan uchrashdi.

"BMTning bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Ijrochi direktori Ketrin Meri Rassell xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston hukumati uchun mamlakatimiz va butun dunyo bo‘ylab kelajak avlodlar farovonligi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

Bugungi uchrashuvimizda biz mintaqadagi millionlab bolalar uchun yorqin kelajak yaratishga qaratilgan muhim loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan keng fikr almashdik. UNICEF bilan yaqin hamkorlikni yuqori qadrlaymiz va Jamg‘arma faoliyatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz", deya yozgan O'zbekiston TIV rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61605 | Инструменты