14-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasem Muhammad Al-Budaiviy bilan uchrashdi.
"Bugun Vazirlikda Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasem Muhammad Al-Budaiviy janoblari bilan uchrashdik. “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi kun tartibi keng qamrovli bo‘lib, mavjud aloqalarimizning yangi yo‘nalishlarini ochishga qaratilgan eng dolzarb mavzular, jumladan, 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Strategik muloqot sammitiga tayyorgarlik masalalarini o‘z ichiga oladi. Mintaqalarimizni azaldan yaqin savdo aloqalari, mushtarak qadriyat va urf-odatlar, eng muhimi, muqaddas islom dinimiz chambarchas bog‘lab turadi", - deydi Baxtiyor Saidov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21518 | Инструменты