Huawei 1
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi etib saylandi

Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Assotsiatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidan oʻrin olgan mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari Bahriddin Valiyev, Otabek Umarov boshchiligidagi Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, shuningdek, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rayosat aʼzolari, terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

Assotsiatsiya Ijroiya qoʻmitasi tashkilot raisligiga Oʻzbekiston Respublika Bosh prokurori, mamlakat kurash federatsiyasi rahbari Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich nomzodini ilgari surdi. Adham Ilhamovich ushbu nomzod haqida fikr bildirar ekan, N.Yoʻldoshevning sport boshqaruvi sohasida toʻplagan ulkan tajribasi yurtimizda sport kurashlari rivojini ham yangi bosqichga olib chiqishda as qotishini taʼkidladi. Yigʻilish ishtirokchilari bir ovozdan Nigʻmatilla Toʻlqinovich nomzodini maʼqullashdi va N.Yoʻldoshev mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Shundan soʻng assotsiatsiya Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha reja bilan tanishtirdi. Unda har bir vazn toifasida asosiy va zaxira tarkib shakllantirilgani, hozirda mavjud muammo va kamchiliklar haqida toʻxtalib oʻtdi. Xususan, ayollar kurashida yanada koʻproq yoʻllanmalar olish, yunon-rum kurashchilarimizning ham Olimpiadalardagi natijadorligini oshirish, erkin kurash yoʻnalishida ichki raqobatni kuchaytirish shular jumlasidan.

Tadbir yakunida Otabek Muhammadaliyevich assotsiatsiya yangi rahbariyatining faoliyatiga omad tilab, hurmatli Prezidentimizning qoʻllab-quvvatlashlari bilan birgalikda yangi marralar zabt etilishini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11505 | Инструменты