Huawei 1
14-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

500 nafar rahbarlik lavozimida ishlayotganlarning korrupsiyaga moyilligi baholanadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025 yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.

Transport vaziri: O‘zbekiston "muammoli davlatlar" orqali o‘tish uchun muqobil yo‘laklarni aniqlaydi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha transport-logistika tizimi va tranzit salohiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinadi. Unga ko‘ra, besh yo‘nalish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, jumladan, xalqaro tashishlar uchun shart-sharoit yaratish rejalashtirilgan.

JETEX MDH mamlakatlari orasida ilk va yagona FBO xizmatlarini O‘zbekistonda tashkil etadi

Ushbu loyiha doirasida kichik aviatsiya sohasida ta’mirlash, sotish va saqlash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Aerotaksi xizmati va VIP taksi joriy etiladi. Bu esa o‘z navbatida turizm sohasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda VIP mijozlar uchun qulaylik yaratadi.

Turkiya kompaniyasi Toshkentdagi “Beshyog‘och” dehqon bozori o‘rnida biznes markaz qurmoqchi

Turkiya kompaniyasi Toshkent shahrida joylashgan “Beshyog‘och” dehqon bozori o‘rnida yirik biznes markazini qurishni rejalashtirmoqda.

Toshkentdagi Prezident maktabi BAAda nufuzli mukofot g‘olibi deb topildi

Mukofotni BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

“A” yo‘lakda harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanadigan qonun quyi palatada qabul qilindi

Bunda alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarining harakatlanganligi, yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanganlik, yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun harakatlanganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmaydi.

Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari o‘zgarmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammiti ochilish marosimida ishtirok etdi

Tadbirda BAA, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Nigeriya, Ruanda, Uganda prezidentlari qatnashdi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi etib saylandi

Assotsiatsiya Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha reja bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston va BAA sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda

Abu Dabi shahrida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti BAA bilan sun’iy intellekt sohasidagi sheriklikni rivojlantirishni taklif etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklari sun’iy intellekt vaziri Umar bin Sulton al-Olama bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bukmekerlik faoliyatiga qonun bilan ruxsat etiladi

Muhokamalar davomida deputatlar lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, aholi o‘rtasida bunday o‘yinlar keng tarqalayotganiga alohida e’tibor qaratdilar.

Avtofiribgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi

Avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi.

“41 mlrd so‘m tadbirkorlarda qoladi” — Mubin Mirzayev markirovka qurilmalari xarajatiga soliqlarni kamaytirish haqida

Tamaki va pivo mahsulotlari chakana savdosi uchun tadbirkorlardan olinadigan oylik yig‘im budjetga 3 mlrd so‘m tushishini ta’minlaydi.

Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi

Mahalla raislari saylovini o‘tkazish bilan endi Senat emas, hududiy kengashlar shug‘ullanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11506 | Инструменты