Bugun 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

Bugun 14 yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. 1993 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon  qilingan.  Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.

Ushbu sharafli vazifani harbiylarimiz va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari amalga oshiradilar. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo'lishlari sabab bugun barchamiz tunlari  orom olib, kunduzlari xotirjammiz. Shu sababli ham ularni qancha ulug'lasak, qancha e'zozlasak shuncha oz.  

Uzreport ijodiy jamoasi mamlakatimizdagi barcha harbiylarni va huquq-tartibot idoralari xodimlarini bayram bilan muborakbod etadi!

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты