Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun


Bugun 18 noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog'imiz tasdiqlandi.

28 yildan beri bayrog'imiz yurtimizda va dunyoning nufuzli minbarlarida ozodlik va hurlik ifodasi sifatida hilpirab turibdi.

Kecha poytaxtimizda mana shu sana munosabati bilan turli tadbirlar bo'lib o'tdi. Jumladan, otliqlar paradi va velomarofon tashkil etildi. 150 nafar otliq Amir Temur xiyobonidan Islom Karimov ko'chasi bo'ylab Xalqlar do'stligi saroyi tomon yurib borishdi. Shuningdek, 100 ta bayroq ko'targan velomarafon ishtirokchilari Yashnobod tumani “Ashxobod” bog'idan Maxtumquli, Abdulla Qodiriy, Paxtakor, Islom Karimov ko'chalari bo'ylab Xalqlar do'stligi saroyi tomon yetib borishdi va o'sha yerdagi tadbirlarda ishtirok etishdi.

Bayrog'imiz qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan bugun ham yurtimiz bo'ylab turli madaniy va ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122502 | Инструменты