Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar bo‘yicha bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan shifokorlar esa ixtisosligi bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Shundan keyin mutaxassis davlat ro‘yxatidan o‘tadi va unga tibbiy faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Ko‘p vaqtini bemor oldida o‘tkazadigan ham, muolajalarni bajaradigan ham – hamshiralar.
Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, tashxis, davolash va profilaktikada shifokorga ko‘makchi bo‘ladigan hamshiralarni tayyorlashga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Buning uchun Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o‘tkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi.
Akademiya AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar oliygohlari bilan birga kelasi yildan oliy ma’lumotli hamshira tayyorlashni boshlaydi
Alpha version: 0.9.1.19 build 111018 | Инструменты