Ko‘p sohalar qatori tibbiyotda ham xususiy sektor jadal rivojlanib bormoqda. So‘nggi sakkiz yilda xususiy klinika va laboratoriyalar soni 3 karra ko‘payib, 9 mingga, ulardagi shifo o‘rinlari esa 57 mingga yetdi.
Prezidentimiz hozirda tibbiy xizmatlarning 30 foizi xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgani, ilg‘or tashabbuslar ham ulardan chiqayotgani quvonarli hol ekanini ta’kidlab, ularning xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha barcha takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Xususiy tibbiyot klinikalarida ko‘rsatilayotgan xizmat narxlari respublika markazlaridan arzon ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga respublika markazlaridagi xizmat narxlarini adolatliligini ko‘rib chiqish, xususiy klinikada xuddi shu xizmatlar arzon va sifatli bo‘lsa, tibbiy sug‘urta mablag‘ini ularga to‘lab berish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111019 | Инструменты