U bungacha Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan
Rostov-Don (Rossiya) shahrida O‘zbekistonning yangi bosh konsuli Burxon Aliqulov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
U 40 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasi bitiruvchisi.
2004-yildan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab keladi.
2020-2022-yillarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
U 2019-yilda Rostov-Don shahrida O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasini ochgan bosh konsul Rustam Qurbonboyevni o'rniga ushbu lavozimga tayinlandi.
Ma'lumot o'rnida, Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Janubiy va Shimoliy Kavkaz federal okruglari kiradi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Oybek Shahavdinov TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i v.b. etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40520 | Инструменты