Huawei 1
Davlat rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Davlat rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Mutasaddilarga:

- ishlab chiqaruvchilarga Yevropa bozorlariga chiqish uchun talab etiladigan sertifikat olishiga ko‘maklashish;

- xorijiy davlatlardagi savdo uylarida milliy charm, gilam va ipak mahsulotlarini ham joylashtirish, yangi savdo uylarini ochish;

- Andijon, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida o‘rta bo‘g‘in xodimlarini 6 oyda tayyorlaydigan markazlarni tashkil qilish;

- Kooperatsiya portalida faqat haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartibni joriy qilish va tadbirkorlar ko‘targan boshqa masalalar yechimi bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi.

Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel oyini o‘zida 365 ming aholi bandligi taʼminlangani va tadbirkorlikka jalb qilingani qayd etildi.

Banklar o‘z mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming aholiga ishli bo‘lishga ko‘maklashdi.

Mahallalarda 70 mingta mikro-loyiha amalga oshirildi, 465 ming gektar tomorqa yerlariga ekin ekildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты