Huawei 1
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vazifalari nimalardan iborat?

Avvalroq xabar qilganimizdek, O'zbekiston Prezidentining «Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko'ra, Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi  tashkil etiladi.

Agentlikning asosiy vazifalari etib, quyidagilar:

– iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo'nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo'yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

– davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qo'llab-quvvatlash;

– davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni ta'minlash, shuningdek, loyihalar to'g'risidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish;

– muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarga ko'maklashish;

– davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish;

– tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish belgilandi.

Qaror bilan Agentlik davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi va O'zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo'yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Belgilanganidek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tanlov hujjatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlar loyihalari va ularga kiritiladigan o'zgartirishlar majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim.

O'z navbatida, xujjat bilan agentlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi, texnik-iqtisodiy hamda moliyaviy ko'rsatkichlari to'g'risidagi axborotni ularning tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan so'rab olish huquqiga ega bo'ladi.

Agentlikni ta'minlab turish xarajatlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'laridan moliyalashtiriladi.

Qarorga muvofiq, agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafar etib tasdqilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82823 | Инструменты