Huawei 1
Osiyo Taraqqiyot banki O‘zbekistonga $233 mln ajratadi

Osiyo Taraqqiyot banki Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (MOMIH)-2 koridorining asosiy qismini modernizatsiya qilish loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Bank matbuot xizmati xabar qildi. 

Loyiha doirasida A-380 yo‘lining qariyb 87 km yangilanadi, jumladan To‘rtko‘l-Ellikqalʼa-Beruniy yangi aylanma yo‘li quriladi. Intellektual transport tizimlari joriy etilib, yuk mashinalari vaznini nazorat qilish, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari bo‘lgan dam olish joylari yaratiladi.

“Investitsiyalar O‘zbekistonning mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi rolini mustahkamlab, Qoraqalpog‘istonda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi. Iqlimga chidamli infratuzilma va intellektual transport tizimlarini joriy etish uzoq muddatli barqarorlikni taʼminlab, odamlar va biznes uchun sayohatni xavfsizroq va samaraliroq qiladi”, - duydi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya.

Loyihaning umumiy qiymati qariyb $294 mln bo‘lib, shundan OTB hissasi $233,1 mln tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82818 | Инструменты