Eng namunali mahallaga Prezident sovgʻasi — elektromobil sovgʻa qilinadi

Yig‘ilishda Yunusobodda o‘tkazilgan bir hafta o‘rganish davomida 600 million dollar investitsiya jalb qilish, 35 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish uchun imkoniyatlar aniqlangani qayd etildi.

Ushbu salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yangi yondashuv asosida aniq loyihalarni ishlab chiqish va joylashtirish vazifasi qo‘yildi.

Shahar hokimiga xorijdagi yirik shaharlarning sanoat, infratuzilma, tadbirkorlik, kommunal sohalaridagi ijobiy tajribasini Toshkentda joriy qilish topshirildi.

Davlat rahbari yana bir muhim masalaga to‘xtalib o‘tdi.

Tabiat uyg‘ongan bugungi kunlarda hamma joylarda mevali va manzarali daraxtlar, gul, rayhon ko‘chatlari ekish jadal ketmoqda.

Toshkent shahridagi 585 ta mahallada ham daraxt va gullar ekish, hududni obodonlashtirish, sharoiti og‘ir oilalar, yolg‘iz qariyalar, imkoniyati cheklangan odamlarni holidan xabar olib, ularni ko‘nglini ko‘tarish muhimligi taʼkidlandi.

Shu maʼnoda, davlat rahbari mahallalar o‘rtasida tanlov o‘tkazib, yil yakuni bilan eng namunali mahallaga Prezident sovg‘asi sifatida elektromobil sovg‘a qilish tashabbusini bildirdi.

Yig‘ilish davomida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti, jamoatchilik vakillarining fikr va takliflari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты