Prezidentning farmoni bilan Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2024-yilning 28-noyabr sanasida Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi. U 6 yil davomida viloyatni hokim sifatida boshqardi.
Mehnat faoliyati
Erkinjon Turdimov 1969-yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1991-yildan 1995-yilgacha “O‘zsanoatqurilishbank”ning hududiy bo‘limlarida xizmat qilgan.1996-yilgacha Zarafshon hokimi o‘rinbosari bo‘ldi. 1996-yildan 2000-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Navoiy bo‘limida ishlab, Navoiy viloyati Xatirchi tuman hokimiyatiga boshchilik qildi. Undan so‘ng qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
2008−2016-yillar davomida Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan. Undan so‘ng 2 yil Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-yilda Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan.
Hozirgi vaqtda Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
Ma'lumot o'rnida, joriy yil 16-yanvar sanasida bo'lib o'tgan yig'ilishda Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyevni lavozimidan ozod etdi. Bunga hududda ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sabab bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12216 | Инструменты