Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24-aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi.
Bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42223 | Инструменты