Huawei 2
Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov ishtirokida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash masalalariga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida Buxoro viloyatida oila-turmush munosabatlari doirasida, shuningdek, yoshlar, ayollar tomonidan hamda ishsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish hamda bu borada mahallalarda shakllantirilgan yettilikning hamkorlik masalalari tanqid qilindi, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir mahallalarda sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari tomonidan fuqarolarni qabul qilish va ularning muammolarini hal etish vazifalarga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi tushuntirildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Ikromjon Tursunov tayinlandi.

Ikromjon Tursunov bundan oldin Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga