Huawei 1
JICAning turizm bo‘yicha eksperti O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan Turizm qo‘mitasiga biriktirilgan ekspert va turizmni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis – Yumi Mizumori O‘zbekistondagi 3 yillik faoliyatidan so‘ng o‘z missiyasini yakunladi.

Yaponiyalik ekspert bilan rasmiy xayrlashuv tadbirida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov ishtirok etib, Mizumori xonimga 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda o‘tkazgan samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

Yumi Mizumori bilan hamkorlikda turizm sohasi bo‘yicha mamlakatimizda JICA tomonidan 11 ta loyiha amalga oshirildi. Uning say harakatlari tufayli Tokio va Osaka shaharlarida tashkillashtirilgan jahonning yirik turizm yarmarkasi – “Japan Expo” da O‘zbekiston o‘z stendi bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari Yaponiyada keng targ‘ib etish va sayyohlar qiziqishini oshirishga qaratilgan targ‘ibot loyihalari amalga oshirildi”, deb alohida ta’kidladi vazir A.Abduhakimov.

Tadbir yakunida Yumi Mizumori xonimga O‘zbekistonda olib borgan qizg‘in mehnat faoliyati uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты