Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident mahalliylashtirish masalasida mutasaddilar korxonalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.
Tadbirkorlarga kerakli standartlar yetkazilsa, import bo‘layotgan mahsulotlarni bemalol o‘zimizda chiqarish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Minglab ish o‘rni ham yaratiladi.
Daryo, soy va kanallarni betonlash, kichik GES qurishga ham xususiy sektorni faol jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu suv bo‘ylarida zamonaviy savdo va servis obyektlari ham tashkil qilinadi. Bu Navoiy tajribasi bo‘ladi.
Viloyat aholisi yildan-yilga ko‘paymoqda. Odamlarning talabi ham, tadbirkorlikka qiziqishi ham kundan-kunga oshayapti.
Lekin, shunday salohiyat turib, Navoiyda haligacha kambag‘al oilalar borligi shuncha yirik korxonasi bor viloyatga yarashmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga chetga ishlashga ketgan odamlar bilan gaplashish, ularning oila aʼzolaridan xabar olish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish topshirildi.
Bu masalalarga jiddiy qaramagan rahbarlarga xulosa ham jiddiy bo‘lishi qayd etildi.
Kichik biznes, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va baliqchilikda mavjud imkoniyatlarni ishga solib aholi daromadini oshirish, 4 ta tuman tajribasi asosida 140 ming aholini band qilish, kelgusi yilda Navoiyga 500 ming xorijiy turistni jalb qilib, eksportni 150 million dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122703 | Инструменты