Kirib kelgan yangi - 2025-yil munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda.
Xalqaro hamkorlar o‘z qutlovlarida mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonda siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, davlatning jahon miqyosidagi nufuzi va mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladigan faol, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat olib borilayotganini qayd etmoqda.
Xorijiy yetakchilar O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish;
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba;
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Kir Starmer;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;
Kuvayt Davlati Amiri Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Indoneziya Respublikasi Prezidenti Prabovo Subianto;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
Ispaniya Qiroli Filipp VI;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Bruney Sultoni Hoji Hassanal Bolkiyax;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok;
Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
YUNESKO bosh direktori Odri Azule;
XAEA bosh direktori Rafael Grossi;
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;
Jahon banki prezidenti Ajay Banga;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso;
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava;
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun;
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11000 | Инструменты