Huawei 1
Komil Allamjonov: 2016 yilga qadar matbuot faqat o'sha paytdagi davlat rahbarining kayfiyatiga qaratilgan bo'lgan

Mass-mediani rivojlantirish jamg'armasi YEXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda Xalqaro axborotdan erkin  umumfoydalanish kuni munosabati bilan onlayn konferensiya o'tkazmoqda.

Konferensiyada BMT Bosh kotibining Global kommunikatsiyalar bo'yicha o'rinbosari Melissa Fleming, YEXHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Elchi Tuula Yuryola, Mass-mediani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o'rinbosari Saida Mirziyoyeva, Ulrika Funered, Shvetsiyaning YEXHTdagi elchisi va 2021 yildagi YEXHT Doimiy Kengashi raisi va boshqalar ishtirok etishmoqda.

Tadbirda so'zga chiqqan Komil Allamjonov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

"O'zbekiston matbuoti koma holatida bo'lgan. 2016 yilga qadar matbuot faqat o'sha paytdagi davlat rahbarining kayfiyatiga qaratilgan bo'lgan. Hozir vaziyat o'zgardi. Kim nima desa ham o'zgardi. Matbuot ochildi. Muammolar bu jarayondir.

Pandemiya bahona matbuot bo'g'ilishi kerak emas.Vaziyat ko'rsatdiki, karantinda o'tirgan odamlarga axborot suv va havodek kerak bo'ldi. Pandemiyada axborot hayot mamot masalasiga aylandi.Matbuot bilan muammo bor. Lekin buning hammasi invidual darajada ko'rilishi kerak, davlat siyosati darajasida emas. Siyosat ochiqlik yo'lida.Jurnalistlar bilan bog'liq har bir keys sud orqali hal bo'lishi kerak. Faqat ochiq va adolatli sud orqali".

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga