Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan ilgariroq Jamshid Qo‘chqorovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50720 | Инструменты