Manfred Huterer Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
"Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Manfred Huterer janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Biz tobora kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorligi kun tartibi, hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklikni mustahkamlash, ko‘proq iqtisodiy ko‘priklarni barpo etish va boshqa masalalarga to‘xtaldik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob Elchi va Elchixona jamoasining aloqalarimizdagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor", - deya yozgan vazir o'z sahifasida.
Ma'lumot o'rnida, diplomat 2019-2023-yillarda Germaniyaning Belarusdagi elchisi bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты