“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim, 2023-yil 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.
Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты