Huawei 1
Mo‘g‘uliston prezidenti "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan birgalikda "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Oliy martabali mehmon majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi. Majmua Mo‘g‘uliston delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Qayd etish o‘rinliki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Oliy martabali mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62810 | Инструменты