Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyani Hayraton shahrida Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Abu Idris hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Balx viloyati gubernatori qarorgohida ikki davlat o‘rtasida chegaraoldi savdo-iqtisodiy hamkorlik Qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi doirasida viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov va Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo boshchiligidagi ikki tomon delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi rasmiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Unda savdo, transport, temir yo‘l va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, geologiya yo‘nalishida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish, tabiiy pardozbop toshlar xomashyosini hamkorlikda qayta ishlash, qumli chang shamollarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida Amudaryo bo‘yiga tutash hududlarda “Yashil belbog‘” himoya o‘rmonzorlari barpo qilish masalalari muhokama qilindi.
Majlisda Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты