Huawei 2
Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov Islom olami uyushmasi oliy kengashiga aʼzo bo‘ldi

Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov Islom olami uyushmasi oliy kengashiga aʼzo bo‘ldi.

Maʼlum qilinishicha, 23-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi Oliy Kengashning 46-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov uyushma Oliy Kengashi aʼzoligiga qabul qilingani to‘g‘risida ushbu yig‘ilishda qaror qilingan.

Ushbu aʼzolik muftiy faoliyati davomidagi to‘rtinchi yirik tashkilotga aʼzo bo‘lish hisoblanadi. Bular – Xalqaro musulmon ulamolari kengashi (Qatar), Musulmon donishmandlar kengashi (BAA), Islomiy fiqh akademiyasi (Saudiya Arabistoni) va Islom olami uyushmasi Oliy Kengashi (Saudiya Arabistoni).

Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirligi, Kuvayt, Qatar, Turkiya, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlardan kelgan vazirlar, taniqli ulamolar, mashhur muftiylar, professor-olimlar, davlat va din arboblari hamda xalqaro islomiy tashkilotlar yetakchilari ishtirok etdi.

“Anjumanda butun jahonda tinchlik-osoyishtalikni qaror toptirish, xususan, Falastin va G‘azo mintaqasidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish, islom ummati birligiga erishish, ayrim musulmon mamlakatlaridagi noxush holatlarni isloh qilish, Rohinja musulmonlarining haq-huquqlarini himoya qilish, diniy ramzlarning tahqirlanishi, ayniqsa, Qurʼoni karimni yoqish kabi holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik va islomofobiya xatti-harakatlarining oldini olish kabi o‘ta muhim masalalar muhokama qilindi”, – deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga