Huawei 1
Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahriga hokim etib tayinlandi

Murodjon Abdurahimov Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Murodjon Abdurahimov 1986-yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

U Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot” kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga