"O‘zbekiston – 2030" strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.
Davlat dasturi loyihasida "O‘zbekiston – 2030" strategiyasining 5 ta yo‘nalishi kesimida 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatlari belgilanmoqda.
Bunda, yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2024-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.
Loyihalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar, Davlat dasturi va Farmon loyihalariga takliflar yuborib, Vatanimiz taraqqiyoti uchun o‘z hissangizni qo‘shing!
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты