O‘zbekiston elchisi Rossiya TIVga chaqirtirildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston elchisi Jurnalistika va ommaviy axborot kommunikatsiyalari universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing o‘zbek tilini bilmaydigan mamlakat aholisi haqida aytgan so‘zlariga norozilik bildirish uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Qayd etilishicha, bunday mulohazalar Rossiya va O‘zbekistonni bog‘lovchi chuqur strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga mutlaqo zid. Vazirlik yaqin kunlarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu bayonotlarga rasmiy izoh taqdim etishini kutmoqda.
“Ishonchimiz komilki, mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasida janjal qilish uchun ichkaridan yoki tashqaridan qilingan har qanday urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja AlterEgo loyihasiga bergan intervyusida o‘zi yashayotgan mamlakat tilini bilmaydiganlar “bosqinchi yoki ahmoq” bo‘lishini aytganidan so‘ng “Rossotrudnichestvo” u bilan barcha aloqalarni to‘xtatgani xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты