Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga Aqtou shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisi orqali halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yo‘lladi, jabrlanganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты