Huawei 1
O‘zbekiston TIV rahbari bir qator elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov bugun, 21-iyun kuni Mo‘g‘uliston, Kolumbiya va Sloveniya davlatlarining O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan diplomatlarini qabul qildi.

Shuningdek, ulardan ishonch yorliqlari qabul qilingan.

Baxtiyor Saidovning yozishicha, jumladan, Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Daadanxuu Batbaatar, Kolumbiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ektor Isidro Arenas Neyra hamda Sloveniyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuret xonimdan ishonch yorliqlari qabul qilib olingan.

Qabulda davlatlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты