Huawei 1
O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi

Parij shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim hamda Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi almashildi.

Davlat tashrifi davomida quyidagilar ham imzolandi:

- O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

- readmissiya to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

- tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

- 2026-2030-yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;

- xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;

- sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;

- fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish to‘g‘risida bayonnoma;

- musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;

- Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamkorlik bitimlari;

- Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31303 | Инструменты