Huawei 1
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 3 mln dollarlik loyihani amalga oshirishga kelishib oldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Ar-Riyod shahrida Podshoh Salmon insonparvarlik va gumanitar yordam markazi rahbari Abdulla ar-Robiya bilan uchrashdi.

Markazning O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan dasturlardagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi. 

Xususan, O‘zbekiston aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ochiq yurak jarrohligi va stentlar o‘rnatish bo‘yicha qiymati 3 million dollarlik loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122510 | Инструменты