Huawei 1
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ispaniya TIVga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Farrux Tursunov bugun Ispaniya Tashqi ishlar vazirligining Protokol departamenti bosh direktori Mariya Sebastyan de Erisga o‘zining ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida mavjud ulkan salohiyatdan to‘liq foydalanish va unga amaliy tus berish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro muloqotlarni muntazam ravishda davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, elchi 7 dekabr kuni Toshkentdan Madridga yetib bordi. Diplomat 50 yoshda. TIV tizimida 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi (2008-2012 yillarda) va Yaponiyadagi (2012-2017 yillarda) elchixonalariga rahbarlik qilgan. 2018 yildan buyon u TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122309 | Инструменты