Huawei 1
Olimjon To‘ychiyev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi

Olimjon To‘ychiyev Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Prezident qaroriga ko‘ra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Olimjon To‘ychiyev 1991 yil Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2015 yil mashinasozlik muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasi va 2017 yili Mexatronika yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lgan. Shuningdek, 2016–2017 yillarda Germaniyaning Xoxenhaym universitetida ham tahsil olgan.

To‘ychiyev 2013 yil ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, o‘zbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratib, fan va texnika sohasida, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamda ommalashtirish yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

2017 yil «Kamolot» YoIH qurultoyida prezident tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019 yil martida Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari bo‘lgan va bu lavozimda 2021 yil apreliga qadar ishlagan.

2021–2023 yillarda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori bo‘lgan, 2023 yil yanvaridan buyon Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты