Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinga taʼziya maktubini yo‘lladi.
“Krokus Siti Xoll" konsert zalida yuz bergan terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oliy Majlis Senati va shaxsan o‘z nomimdan Sizga va marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman.
Biz tinch aholi vakillariga qaratilgan har qanday hujumni keskin qoralaymiz. Barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi maktubda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты