Xiva shahri Birinchi O‘zbekiston — Xiva parlamentlararo forumiga mezbonlik qilmoqda. Shu munosabat bilan, 30-iyun kuni, Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Xiva shahriga keldi.
Ozarbayjon parlamenti delegatsiyasini Urganch xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Mazkur forum ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni, xususan, parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam sifatida baholanmoqda. Tadbirda ikki mamlakat parlamentlari aʼzolari, ayol deputatlar va yoshlar parlamentlari vakillari ishtirok etadi.
1-iyul kuni Xiva shahrida o‘tkaziladigan ushbu forum O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70120 | Инструменты