Huawei 1
Kim Chen In Ukrainada halok bo‘lgan KXDR askarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida halok bo‘lgan KXDR askarlariga hurmat bajo keltirdi. KXDR davlat televideniyesi 1-iyul, seshanba kuni Kim Pxenyandagi marosim chog‘ida askarlardan birining tobutiga Shimoliy Koreya bayrog‘ini qo‘ygani aks etgan kadrlarni namoyish etdi. Shimoliy Koreya rahbariga Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova hamrohlik qildi.

Xabarda aytilishicha, 29-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan marosim Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasida harbiy kelishuv imzolanganining yilligi munosabati bilan bo‘lgan. Ikki davlat oʻrtasidagi “Har tomonlama strategik sheriklik” shartnomasida mudofaa sohasida oʻzaro yordam koʻrsatish bandi ham oʻrin olgan.

Moskvaning eng muhim ittifoqchilaridan biri

Shimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushida Moskvaning eng muhim tarafdorlaridan biridir. Aprel oyida Pxenyan o‘z askarlari va qurol-yarog‘larini Rossiyaga yuborganini tasdiqladi. Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatida Shimoliy Koreya qo‘shinlari Ukraina qo‘shinlarini Rossiya hududidan quvib chiqarish uchun Rossiya bilan birga jang qilgan. Janubiy Koreya ma’lumotlariga ko‘ra, janglarda Shimoliy Koreyaning 600 ga yaqin askari halok bo‘lgan, minglab askarlar yaralangan.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi seshanba kuni Shimoliy Koreya qo‘shinlarini keyingi safarbar qilishdan "hech qanday alomat" yo‘qligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72206 | Инструменты