O'zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi Timur Rahmonov kecha Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichsga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Rasmiy marosim doirasida bo'lib o'tgan suhbatda O'zbekiston va Latviya o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Latviya Prezidenti Riga va Toshkent o'rtasidagi siyosiy muloqot hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik holatini yuqori baholadi. U 2023-yil oxiriga kelib O'zbekiston Latviyaning eng yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biriga aylanganini ta'kidladi.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuksak baholanib, ularning natijalari Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinayotgani alohida qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, Timur Rahmonov 13-mart kuni Latviya poytaxtiga O'zbekistonning yangi elchisi sifatida yetib keldi. U mamlakatimizning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o'rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditatsiyadan o'tgan Qadambay Sultonov o'rniga tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122300 | Инструменты