Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Pekin shahriga tashrifi davomida Pekin Xalqaro tadqiqotlar universiteti (BISU) prezidenti Ji Jimbao bilan uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash loyihalari hamda qo‘shma ilmiy-izlanishlar amalga oshirish muhokama qilindi.
Ta’kidlash joiz, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti 1964-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyda turizm sohasida ilmiy va amaliy izlanishlar bo‘yicha TOP-3 muassasadan biri hisoblanadi.
Uchrashuv davomida talaba va o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlari sonini oshirish, shuningdek, yashil va kreativ iqtisodiyot bo‘yicha ilmiy izlanishlar, Xitoy tilidagi gid-tarjimonlarni tayyorlashga kelishildi.
Uchrashuv yakunida barcha belgilangan yo‘nalishlar qamrab oluvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты