Huawei 1
O'zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDHga a'zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining bahorgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga bordi

O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi mamlakatimiz parlamenti delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining yig'ilishida ishtirok etish uchun bugun Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi. 

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, delegatsiyalar rahbarlari 17-18-aprel kunlari bo'lib o'tadigan MDH Parlamentlararo Assambleyasi bahorgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Uchrashuv ishtirokchilari Parlamentlararo ittifoqning Toshkent shahrida o'tkazilgan 150-yubiley assambleyasida ko'rilgan masalalarni, MDH Parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilari tomonidan saylovlarda o'tkazilgan monitoring natijalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, MDH Parlamentlararo Assambleyasining 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilinadi va o'tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro sammitlarga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqiladi.

Bundan tashqari, MDH Parlamentlararo Assambleyasining Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali majlisi ham bo'lib o'tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41915 | Инструменты