Huawei 2
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Filippin kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Filippinning "Liwayway Group" kompaniyasi direktorlar kengashi asoschisi va raisi Karlos Chan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"Bugun Tashqi ishlar vazirligida "Liwayway Group" kompaniyasi direktorlar kengashi asoschisi va raisi Karlos Chan janoblari va uning jamoasi bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Filippindagi do'stlarimizga mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qo'shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz. Shuningdek, O'zbekiston-Filippin hamkorligining ko'plab istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildik".

Eslatib o'tamiz, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 2017-2021-yillarda O'zbekistonning Xitoydagi, bir vaqtning o'zida o'rindoshlik asosida Mo'g'uliston va Filippindagi Favqulodda va Muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga