Huawei 1
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi qarama-qarshi tomonlarni keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlardan tiyilishga chaqirdi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan rasmiy bayonot berdi.

"O'zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi, – deyiladi O'zbekiston TIV bayonotida. – Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo'lgan xatar va tahdidlarning misli ko'rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.

Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.

O'zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo'l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko'rish zarurligini yana bir bor ta'kidlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100404 | Инструменты