O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qirg'iziston elchisi Musa Jamanbayevni qabul qildi.
"Bugun Vazirlikda Qirg'iz Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Musa Jamanbayev janoblarini qabul qildik. O'zbekiston bilan Qirg'iziston o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining joriy holatidan mamnunmiz. 2023-yilda ikki tomonlama kun tartibi boy bo'ldi, 2024-yil esa yanada mazmunli bo'ladi"– deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120414 | Инструменты