Huawei 1
O'zbekiston va Qatar o'rtasida imzolangan soliq sohasidagi ikki tomonlama xalqaro shartnoma kuchga kirdi

2023-yil 6-iyun kuni Samarqand shahrida imzolangan "O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati o'rtasida daromad soliqlari bo'yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to'lashdan bosh tortish va bo'yin tovlashning oldini olish to'g'risida"gi bitim shu yil 12-fevraldan e'tiboran kuchga kirdi

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi O'zbekiston va Qatar o'rtasida soliq sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini shakllantirishdan iborat.

Bitim quyidagilarni nazarda tutadi:

– ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish;

– soliq to'lashdan qochishning oldini olish;

– tomonlar o'rtasida soliqqa tortish huquqlarini taqsimlash;

– soliqqa tortish orqali kamsitishlarni oldini olish.

Ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi va tomonlarning investitsiyaviy salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты