O'zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog'iston ta’lim vaziri Gani Beysembayev bilan uchrashuv o'tkazdi.
Qozog'iston ta’lim vaziri O'zbekiston Prezidentining mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan yuksak e’tiborini yuqori baholadi. Uning aytishicha, o'zbekistonlik o'quvchilarining xalqaro fan va sport olimpiadalarida yuqori o'rinlarni egallayotgani tizimda amalga oshirilayotgan samarali islohotlarning natijasidir.
Tomonlar Toshkent, Ostona va Olmaota shaharlaridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o'qituvchilar malakasini oshirishni tashkil etish, shuningdek, zamon talablari asosida uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish orqali ikki mamlakat maktablarida o'zbek va qozoq tillarini o'qitish sifatini oshirish masalasini muhokama qildilar.
Uchrashuvda ikki davlat ta’lim muassasalari o'rtasida o'rnatilgan o'zaro hamkorlik aloqalarini jadallashtirish va kengaytirish, jumladan, qo'shma tadbirlarni o'tkazish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты