Huawei 1
Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzdi

Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi, dedi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

“Biz Turkiya Respublikasi davlati va hukumati sifatida Isroil bilan aloqalarimizni uzdik”, - dedi u.

2023-yil oktabr oyida G‘azo sektorida ID operatsiyasi boshlanganidan beri Turkiya Tel-Avivning harakatlarini qoralab, uni Falastin tinch aholini qirg‘in qilishda ayblab keladi. Mamlakat bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan, shuningdek, yahudiy davlatiga bosim o‘tkazgan.

Xususan, may oyi boshida Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo-sotiqni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Bungacha Anqara 54 ta kichik guruh tovarlari eksportini cheklagan, biroq ID G‘azodagi janglarni davom ettirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111422 | Инструменты