O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Unga ko'ra:
- Achilbay Jumaniyazovich Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Djamshid Anvarovich Kuchkarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Jamshid Abduxakimovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Sherzod Davlyatovich Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
- Laziz Shavkatovich Kudratov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
- Bobir Farxadovich Islamov O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
- Batir Irkinovich Zakirov O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga;
- Bexzod Anvarovich Musayev O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
- Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
- Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga;
- Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
- Adxam Ilxamovich Ikramov O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
- Sherzod Xotamovich Shermatov O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
- Ozodbek Axmadovich Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
- Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga;
- Amrillo Shodiyevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq prezident “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qarorni imzoladi.
Farmon bilan O'zbekistonda vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilishi va 20 ta idora to‘liq tugatilishi belgilangan.
Shuningdek, barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi. Amaldagi 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosari va 3 nafar Bosh vazir maslahatchisi lavozimlaridan faqat 4 nafar Bosh vazir o‘rinbosari qoldirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52210 | Инструменты