Zafar Ergashev Payariq tumani hokimi bo'ldi
Samarqand viloyat hokimligining ma'lum qilishicha, bugun, ya'ni 12-avgust kuni xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov qatnashgan sessiyada tashkiliy masalalar ko'rib chiqilgan.
Shuningdek, sessiya davomida ma'lum qilinishicha, 2019-yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Dilshod Musinov oʻz arizasiga koʻra, lavozimidan ozod etildi.
Shu paytgacha Samarqand viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Ergashev Zafar Avazovich Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Payariq tumanidagi sektor rahbarlari ham vazifasidan ozod etildi. Ayni paytda davom etayotgan xalq deputatlari Payariq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi prokuror, IIB boshligʻi hamda Davlat soliq inspeksiyasi rahbari tayinlangani maʼlum qilingan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, Guliston tumaniga yangi hokim, bundan tashqari, yangi IIB boshlig'i, yangi prokuror va yangi soliq inspeksiyasi boshlig'i tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82904 | Инструменты