Huawei 1
Polsha investitsiyalar va savdo agentligi Toshkentda o'z vakolatxonasini ochadi

O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha investitsiyalar va savdo agentligi prezidenti Anjey Dixa bilan uchrashuv o'tkazdi

Muzokaralar davomida O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi savdo-iqtisodiy sohada ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollari, xususan respublika hududida Polsha kapitali ishtirokida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar joriy yilning kuzida Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig'ilishi doirasida o'tkaziladigan biznes-forumga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko'rish muhimligini ta'kidladilar.

Muzokaralar yakunida mazkur tadbir doirasida Polsha investitsiyalar va savdo agentligining Toshkentdagi vakolatxonasini ochish marosimini tashkil etishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122300 | Инструменты